So’nggi yangiliklar

01:45"Манчестер Юнайтед" "Бавария" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 01:13Роналду Фьюри ва Усик жанг қиладиган Ар Риёддаги аренага келди  0 00:44"Барселона" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 00:02Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради  6 23:31"Байер" мавсум стартидан бери 51та мағлубиятсиз ўйин ўтказди – 42 ғалаба ва 9 дуранг. Олдинда иккита баҳс қолди  5 23:04Веско Стешевич: "Ҳақиқий эркакча футбол гувоҳи бўлдик ва дуранг адолатли натижа бўлди"  8 22:41Александр Хомяков: "Ғалабага лойиқ эмас эдик. Ҳужумда деярли вазият яратмадик"  13 22:27Жамшид Саидов: "Қизил карточка ўйин натижасига таъсир кўрсатди"  1 22:00Сергей Чигодаев: "Бош мураббий эртага Тошкентга қайтади"  1 21:47"Сурхон", "Локомотив", "Бунёдкор", "Ростов" ва Италиянинг "Комо" жамоаси – уларни нима бирлаштиради? Уларнинг ҳар бирида "қўғирчоқ мураббий" бор  3 21:02Суперлига. «Андижон» ўз уйида «Металлург» билан дуранг ўйнади  82 21:00Суперлига. Ютаётган "Қизилқум" бир киши кам бўлиб қолгач, "Олимпик"дан тўртта гол қабул қилиб олди  12 20:25Бундеслигада чемпионат якунланди. "Байер" лига тарихида илк бор мавсумни мағлубиятсиз тугатди, "Бавария" эса 3-ўринга тушиб кетди  18 20:20Саудия Арабистони АПЛдан бир қанча юлдузларни олиб кетмоқчи. Нишонда Салоҳнинг ўзи эмас  2 19:52Де Дзерби "Бавария"га ўтяпти: "Брайтон" мураббийнинг кетиши ҳақида эълон қилди  3

Kecha O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga g'alaba uchun nima etishmadi? Nikolay Egorichevning fikrlari Yangiliklar

Kecha O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga g'alaba uchun nima etishmadi? Nikolay Egorichevning fikrlari

Saytimizning rossiyalik jurnalisti kecha U-23 Osiyo kubogi finalini tahlil qildi.

Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev o'z telegram kanalida kecha O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga mag'lub bo'lgan (0:1) U-23 Osiyo kubogi finali haqidagi o'z fikrlarini chop etdi.


"Kimdir o'yin haqidagi fikrini final hushtagi yangrashi bilan yozishni yaxshi ko'radi. Menimcha, bunday matnlarda odatda ko'proq emociya va asos kamroq bo'ladi.

Finalni boy berish alamli bo'ldimi? Albatta. Ha, yana ham ketma-ket ikkinchi marta!

O'yindan so'ng hamkasblarimga "Finalni hamma yutishi mumkin. Lekin ketma-ket ikki finalda mag'lub bo'lishga urinib ko'rchi! Bu mahorat" deb hazil qildim. Ammo, ikki yil oldingi U-23 Osiyo kubogi finali bilan taqqoslaganda ko'p farq bor.

O'shanda Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda O'zbekistonda deyarli imkoniyat bo'lmagandi. Saudiyaliklar yaxshi tayyor va nisbatan yaqinda yig'ilgan Timur Kapadze jamoasi bunga turib bera olmagandi. O'sha tarkib "xom", shuningdek raqibdan ko'ra bir necha yilga yosh edi. O'yinchilarning ko'pi 19-20 yosh, bu vaqta saudiyaliklarda asosan 22 yoshli futbolchilar edi. Ikki yildan so'ng bu jamoa o'ynab ketdi, yangi o'yinchilar qo'shildi va yangilangan Saudiya Arabistoni mag'lub bo'ldi.

SHuningdek, o'sha o'yinda ko'plab arab jamoalari uchun taaluqli bo'lgan harakatni qayd etish kerak: saudiyaliklar vaqt cho'zishdi, simulyaciya ijro etishdi va har tomonda O'zbekiston terma jamoasi o'yinchilarining asablariga o'ynashdi. Bu narsa bu safargi chorak finalda ham ro'y berdi, ammo o'yin bo'yicha ustunlik biz tomonimizda edi.



Yaponiya - umuman boshqacha raqib. Bu sovuqqon hisoblash, yirtqich intizom va aql bovar qilmas "jismoniy holat". Kecha shu narsa ko'zga tashlandi: yaponlar maydonda turnirdagi so'nggi emas, balki birinchi o'yindek harakat qilishdi! Bunday raqiblar fonida jismoniy tayyorgarlik darajasi farqi yanada ko'zga tashlanadi. O'zbekiston terma jamoasi yaxshi holatda edi, ammo yaponlardan o'tish uchun shunchaki "ulardan ham o'tib ketish kerak", buni qilish esa deyarli imkonsiz edi.

Bunga qaramay Timur Kapadze jamoasi raqibdan yomon emasdi. Ha, o'yin yakunida O'zbekiston terma jamoasi deyarli ikki baravar ko'p zarba bergani ko'rishimiz mumkin, ammo ulardan nechtasi haqiqatdan ham xavfli chiqdi? Bunday jurnalistlarga xos gapni yomon ko'raman, ammo o'yin haqiqatdan ham deyarli teng edi.


Kecha O'zbekiston terma jamoasiga nima etmaganini o'ylagan holda bir nechta faktorlarni qayd etgan bo'lardim:

1) Legionerlarning ketgani. Kimdir buni "bahona" deb hisoblaydi, ammo fakt faktligicha qoladi: mudofaadagi Husanov va raqib darvozasi oldidagi Abbos bilan o'yin boshqacha bo'lishi mumkin edi. Abduqodirning kechagi o'yinda ishtirok etmagani, Abbosni esa kechadan oldingi kuni atigi 20 daqiqaga maydonga chiqqani ikki karra alamli.

2) Olimpiadaga kuch. O'zbekiston terma jamoasi asosiy vazifasini bajardi va tarixda ilk bor Olimpiadagi yo'llanma oldi. Yarim finaldagi Indoneziyaga qarshi o'yin o'ziga xos final bo'lgandi deyish mumkin. Endi ketma-ket ikkita finalni uch kun farq bilan o'tkazishni tasavvur qilavering!

3) Hissiy charchoq. Albatta, o'zbek futbolchilari arab va forslardan ancha uzoqda, ammo baribir hissiyot ko'p. Oldingi bandda aytganimdek, katta etibor aynan yarim finalga berilgandi. G'alabadan bo'lgan quvonch ham "finalcha" bo'lgandi - raqslar, kiyim almashtirish xonasidagi qo'shiqlar. Menimcha, aynan hissiyot O'zbekiston terma jamoasiga kechagi Yaponiyaga qarshi o'yinda etishmadi. Yaponlarda esa hissiyot umuman yo'qdek: ular hech qanday etirozsiz o'z ishlarini bajaradigan robotlarga o'xshaydi.



Penalti esa... Penalti haqida gapirgim kelmayapti. Bu suhbat uchun umuman alohida mavzu. Yanvardayoq kattalar Osiyo kubogida bunga guvoh bo'ldik. Agar "nuqtadan" o'z zarbasini Masharipovdek usta amalga oshira olmasa, yoshgina Rahmonalievni tanqid qilishdan mano nima?

Penalti tepish - bu alohida skill. Uni shug'ullantirish kerak. Bu zarba texnikasi, psixologik chidam va qaror qabul qilish. Kimdir darvozabonga mo'ljal qiladi va yugurishdagi pauzalar bilan uni "qimirlatishga" harakat qiladi. Kimdir darvozabon ololmaydigan qilib yon tarafning yuqorisiga zarba beradi. Kimdir o'yinchi o'ziga ishonmasa markazga tepishni maslahat beradi. Ammo, oldin aytganimdek, bu ham doim ishlamasligini yanvarda ko'rdik.

Yana barchasi boshqacha bo'lishi mumkindek (yoki bo'lishi kerak) his bor. Huddi kattalar o'rtasidagi Osiyo kubogidagidek. Ammo, har qanday holatda ham O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga ushbu turnir uchun rahmat. Yana ikki yildan so'ng oltin medallarni olishga urinib ko'ramiz. Balki uchinchi imkoniyatda buni qilishning uddasidan chiqarmiz".

Reyting: +14   

Fikrlar

+11   
04 may 12:29:30
Ali Nur
Endi + uchun paxta qoʻyidhi bas qililikde , bor haqiqatni etili. Kapdze koʻpchili maqtavoti , lekin unga bu sharoyitlani davlat yariytib berdi. Chempionatga kulibni qoʻshib qoʻyishdi. Chet elada yegʻinla qiberishdi. Temur 50% missiya bajardi, 50 % yoʻq...!!!
Leganerlani ketganiyam bir tomondan yaxshi boʻldi. Kapadze leganarlasiz qaday oʻyin qurishini koʻrib oldik. Temur leagnarlasiz qiynalar ekan . Tajribali murabbiylar tarkibda bor fudbolchiladan unumli foydalana oladi. Tajribasizlari boʻlsa yoʻq...!!! Shu joyi Temurga pand berdi.
Yaponla goʻl urganidan keyin , Temur dovdirab qoldi. Xudiki Uzbeklar goʻl uromayabdimi , deme Yaponlar ham goʻl urmasligi kerekde. Bunday boʻlmaydi Kapadze. Hech qachon raqib sizini goʻl urishingizni kutub turmaydi...!!!
Kapadzeni xatosi :
2 taymda yaponla oʻyini kuchaytirdi , Temur boʻsa yoʻq. Zamenani golgacha qilish kerak edi. Ochigʻi Kapadze nimani kutdi xayronman ?
Xar doimgidek Penalti tepishda mashq qilmaslik. Zborni penaltida yutqazdi, Futzalchila penaltida yutqazdi. Nahot Kapadze shuladan dars omagan ? oʻyinlani koʻrmagan ? Endi Yaratgan shuni hohlagan ekan dib yozvotganla !!!
Yaratgan bizga oʻyini oxirida imkon berdi , bundan biz foydalana olmadik !!!
*Sandan harakat, Mandan barakat* deb bekorga etilmidi ...
+9   
04 may 11:46:59
Юсуф Шойимов
100 % мураббийни хатосику уйинчилар чарчаган кега 70 мин алмаштирмади холматовни аламашиш керак эди Япония кенг майдон буйлаб уйнади нимага чора курмади биринчи финалда хам саудия арабистони хам кенг майдон буйлаб уйнаган эди уйичиларни чачарди химояга кутиш керак эди Равшан хайдаров японияни химоядан уйнаб ютган эди
+7   
04 may 11:45:53
Bu shunchaki o'yin
Тренер Копа расво килди. Тажриба етишмади. Хали яна боракан. Япония хам бир уйгониб узини финалда курмаганди. 120, 130 дакикали уйинлар утказкан эди. Йигитларга рахмат, лекин бу уларнинг финалдаги иккинчи аламли маглубияти булди!
+6   
04 may 13:08:44
Abdusalom Mirzayev
Абдувоҳидга қизил бериши керак эди ( тез тез қовун тушириб қўяди), Иброҳимхалил, Диёр ёмон ўйнади, Умарали брсимга дош бера олмади, тепишидан олдин чап бурчакка тепишини билдириб қўйди, ҳоҳласангиз такрор кўринг, Умаралини тепишдан олдин нигоҳларига эътибор беринг.
+4   
04 may 12:02:23
Nomex
Yaponlar jismoniy tarflama kuchli ekan. Ha Xolmatov topni charchab qolgani uchun oldirib qoydi. Yaponlar aql, sovuqonlik va aniqlik bn oynadi. Tan olaylik. Penalti tepishni hamma terma yoshlar osmirlarga orgatishni yolga qoyish kerak ekan. Muhimi parijga hamma futbolchilar jarohat va yoqotishlarsiz borsin. Yaxshi jamoa umidimiz katta. Omad sog salomat bolsinlar
+2   
04 may 17:50:16
Ali Nur
Mashhurbek Toraboyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Aqil chichar ekansana
Basharenga boq sachrab ketimi ,
+1   
04 may 19:29:11
Tinchliksevar
3 ta yoshi katta o‘yinchi olib borishmasa Saloh, Garnacholar darvozamizni ilma teshik qilib tashlaydi
+1   
04 may 17:57:07
Yusuf Schoyimov
Baxti01010101 foydalanuvchining fikriga javob berish
Кечаги уйин мураббийнинг хатоси. У хох тактик, хох таркиб билан булсин. Бу хали мураббий куп нарсаларни урганиши кераклиги, тажриба ошириш кераклигини курсатиб турибди. Биринчи булимга югуриб чарчамайдиган, уйгамаган уйинчиларни тушириш керак эди. Жалолиддинов, Норчаев, Рахмоналиев, Одилов, Йулдошев иккинчи тайм бошидан майдонга туширилиш керак эди. Тугриси хали пича вакт бор экан Темурга. Катанец ишласин МТЖда омадини берсин!
Катанецга берилса чемпион булади
+1   
04 may 16:27:13
Humoyun 1998
Kechagi o‘yinda yarim final yoki chorak finaldagi shijoat yetishmadi
+1   
04 may 16:11:38
Baxti01010101
Кечаги уйин мураббийнинг хатоси. У хох тактик, хох таркиб билан булсин. Бу хали мураббий куп нарсаларни урганиши кераклиги, тажриба ошириш кераклигини курсатиб турибди. Биринчи булимга югуриб чарчамайдиган, уйгамаган уйинчиларни тушириш керак эди. Жалолиддинов, Норчаев, Рахмоналиев, Одилов, Йулдошев иккинчи тайм бошидан майдонга туширилиш керак эди.
Тугриси хали пича вакт бор экан Темурга.
Катанец ишласин МТЖда омадини берсин!
+1   
04 may 14:29:09
Илхом Шадмонов
Барча терма жамоаларимиз пенальти тепишни машк килиши керак чунки шу нарса доим панд беряпти. Олимпиада йоки жч асосий саралашида хам бундай вазият булади хали. Уйинга келсак эьтироз йук яхши уйнади боллар. Кападзе хам яхши тайерлаган жамоани.
+1   
04 may 13:17:18
Jan Reno
Abdusalom Mirzayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Абдувоҳидга қизил бериши керак эди ( тез тез қовун тушириб қўяди), Иброҳимхалил, Диёр ёмон ўйнади, Умарали брсимга дош бера олмади, тепишидан олдин чап бурчакка тепишини билдириб қўйди, ҳоҳласангиз такрор кўринг, Умаралини тепишдан олдин нигоҳларига эътибор беринг.
Насаф мухлиси сифатида гапизга кушиламан, Нематов асосий уйинларда ковун тушириш буйича чемпион. Узидан Нойер ясаб олган.
Умуман олганда максад олимпиада эди, бажарилди. Йигитларга РАХМАТ. Копадзе яхши мураббий деб уйлайман.
+1   
04 may 11:49:35
Adilet9 Taalaibek
Bu yoshlar judda zo'r nasib butun dunyoga tanitadi.
Toshkent axolosi yaxshi kutib olishsin. Viloyatlarga kelsa hamma chiqadi.
Yana bunday ta'lantlar to'g'iladi yoki yuq jamoviy uyinlar bo'yicha xalli bunday natija yuq.
Yaponlarni uyin bo'yicha ham uyin tashkil etish bo'yicha ham yengdi
+1   
04 may 11:41:42
Sodiq Nazarov
Биз 0 : 1 гача курдик 2-голни курмапмиз...
   
05 may 11:14:49
safo78
Ман тепадаги битта фикрга 100% кушиламан.
Нега биз доим пенальтилардан панд еяпмизку буни устида тренерларимиз ишламайди.
Муаллиф ёзганидек хеч булмаса битта уткир штатний пенальтист тайёрлаш керак ва у дарвозани юкори чап ёки унг тепа бурчагига тепишни койиллатиш керак.
Колган 1.5 м пастки зарбалар 50/50 булади.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика