So’nggi yangiliklar

02:14"Ювентус" "Аталанта"ни мағлубиятга учратиб, Италия кубогини қўлга киритди!  2 02:00АПЛ. МЮ "Ньюкасл"ни, "Челси" эса "Брайтон"ни мағлубиятга учратди (+турнир жадвали)  9 01:09Россия кубоги, ярим финал. ЦСКА пенальтилар сериясида "Зенит"га ютқазди. Файзуллаев сериядан бир неча дақиқа аввал алмаштирилди  1 00:06Тони Кроос де Лигтнинг голида ҳакам хато қилганини айтди  9 23:33Италия кубоги финали! "Аталанта" – "Ювентус". Бошланғич таркиблар аниқ  1 23:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" – "Ньюкасл". Асосий таркиблар аниқ!  6 23:05АПЛ. "Брайтон" – "Челси". Таркиблар аниқ!  4 22:59Ла Лига мавсумнинг энг яхши ёш ўйинчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  8 22:36АПЛда янги мавсумдан ВАР бекор қилиниши мумкин!  9 22:00Россия кубоги ярим финали! "Зенит" – ЦСКА. Файзуллаев асосий таркибдами?  15 21:53"Ювентус" янги бош мураббий билан келишиб қўйди  3 21:21Жейми Каррагер: "Ортега "Сити"ни чемпион қилди"  7 20:57Ла Лигада мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар эълон қилинди. Хави улар орасида йўқ  6 20:40Танга ташлаш орқали финалчи аниқланган ҳамда ҳал қилувчи ўйини қайта ўтказилган Европа чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  1 20:19"Футбол олами". "Нефтчи" - "Андижон" 2:2, "Навбаҳор"да ғалаба ва 7-турнинг қолган ўйинлари ҳақида  0

Tezyurar poezdi chiptasiga pulimiz kamlik qiladi, Parijga borish uchun esa bitta g'alaba kifoya Yangiliklar

Tezyurar poezdi chiptasiga pulimiz kamlik qiladi, Parijga borish uchun esa bitta g'alaba kifoya

Sirli va xavfli Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim finaldagi birgina g'alaba bizni Parijdagi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasidan ajratib turibdi.

Bugun "Temir xonim" qaddini kerib turgan mamlakatga yo'llanma chiptasini qo'lga kiritish sari bo'lgan orzularimiz ushalish arafasida turibdi. Biz o'z tariximizda ilk marotaba beshta xalqani o'zida mujassamlashtirilgan ramzga ega dunyoviy musobaqa ostonasida turibmiz. 

Osiyo kubogi yarim finalida chempionlikka davogar janubiy koreyaliklarni Seulga kuzatib yuborgan Indoneziya bilan to'qnash kelamiz.

Albatta, mazkur uchrashuvda ikkala jamoada ham g'alaba qozonish istagi yuqori.

Biroq g'alaba qozonish istagi muhim emas — bu tuyg'u har bir insonda mavjud. Unga qaraganda g'alabagacha bosib o'tilgan tayyorgarlik jarayoni muhimroq. 

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi kechagina yig'ilgani yo'q. Buning uchun bir o'spirinning universitet talabasi bo'lib, uni eson-omon tamomlagunicha davr o'tdi. Bu vaqt ichida Timur Kapadze shunqorlari o'z yashil maydonlarimizda o'tkazilgan qita turnirida tajriba oshirib, hatto finalga qadar etib bordi. SHuningdek, Osiyo o'yinlari ham qo'shimcha tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. 

Tarkibning mukammallashuvi esa joriy musobaqada o'z kuchini ko'rsatmoqda. Jumladan, "oq bo'rilar" to'rtta o'yinda 12 marotaba raqib qo'rg'onini yorib o'tishga muvaffaq bo'lgan hamda o'z darvoza chegarasini ishonchli saqlagan (4 ta quruq o'yin) holda bu borada eng yaxshi natija qayd etib turibdi. SHuningdek, darvozani o'qqa tutish (78 zarba), paslar aniqligi (85%) borasida shohanshoh bo'lib turibdi.

Hatto so'nggi yillarda mullajiring evaziga dunyoning mana-man degan yulduz futbolchilarga "sovchilik" qilayotgan saudiyaliklar xalta-xalta pullari bilan qo'llari kalta-kalta bo'ldi. Ular ishtirokidagi o'yinga salkam yarim taym qo'shib berildi, o'yinchilari yakkajang sanatidagi ko'pgina usullarni ishlatib ko'rishdi, bazilari esa milliy seriallarimizdagi aktyorlar o'rgansa arzidigan master-klasslar o'tib berishdi. Ammo bu xiylalarning hech biri ko'zlarida shijoat, yuragida Vatan tuyg'usi jo'sh urib turgan yigitlarimizga o'tmadi. Bazi o'g'lonlarimiz murabbiyining maydonda jang qilish kerak, degan so'zlarini asl manosida tushunib harakatlangan raqib futbolchilari dastidan shikastlangan bo'lishi mumkin. Biroq shuni unutmaslik kerakki, og'riq vaqtinchalik, lekin g'alaba abadiy qoladi.

Garchand bugun final bo'lmasa-da, finaldan-da muhimroq uchrashuvni bizni kutib turibdi. O'yin davomida nafaqat futbolchilar, balki siz-u bizning yuraklarimiz odatdagidan shiddatliroq uradi, asablarimiz rubob torlariday taranglashadi hamda g'alabaga xushbo'y hid tarayotgan palovxonto'raning qozondan chiqishini kutayotgandek intiq bo'lamiz.

Yodingizda bo'lsa, ikki jamoa o'tgan yili kung-fu pandaning vatanida o'tkazilgan Osiyo o'yinlarining nimchorak finalida o'zaro kelishgandi va o'shanda qo'shimcha bo'limlarda tarkibimizdan tushib qolgan SHerzod Esanovning dubli evaziga keyingi bosqichga yo'l olgandik. Bu safar esa mushkulimiz yanada engilroq bo'lishiga va bellashuv taqdirini 90 daqiqa ichida o'z foydamizga hal qilinishiga tilakdoshman.

O'ylaymanki, g'alabalarimiz salmog'i tezyurar poezdi chiptalarining narxlaridan ham yuqorilay oladi.


Oqil Abdubarnoev

Reyting: +16   

Fikrlar

+5   
29 apr 11:30:56
Olchin. 95
Maqola yozishniyam yorib qoyibsiz (yaxshi manoda)
Jamoamiz xam Indaneziyani yorvorishadi hudoxoxlasa bugun ğalaba va Parijga yollanmani finalda chempionlikni nishonlaymiz. Inshaalloh OMAD YIGITLAR
+4   
29 apr 10:46:05
Qorovulbozor
Oxirida yediribsizu
+3   
29 apr 12:26:32
Dilshod Zokirovich
Maqola daxshat chiqibdi. Keyingi ishlarizga omad aka.
+3   
29 apr 12:21:54
Muxlis
Қоиле! Сўз бойлигига гап йўқ. Роса териб, топиб ёзилибди.
+3   
29 apr 11:08:03
Aziz Yuldashev
Bobur Boltayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Biz o'yinga tayyorlanyapmiz 24 sinfdosh olimpiyada yo'llanmasini qo'lga kiritishimizni bitta zalda ko'rmoqchimiz bozorlik qilindi 19:00 ni hammamiz intiqlik bilan kutyapmiz ukalarimiz quvonch baxsh qilishiga 100% ishonamiz omad yor bo'lsin olloh qo'llasin azamatlarimizni
Хавасдамиз!
Қайси локацияда содир бўлади бу жараён?
+3   
29 apr 11:00:35
Bobur Boltayev
Biz o'yinga tayyorlanyapmiz 24 sinfdosh olimpiyada yo'llanmasini qo'lga kiritishimizni bitta zalda ko'rmoqchimiz bozorlik qilindi 19:00 ni hammamiz intiqlik bilan kutyapmiz ukalarimiz quvonch baxsh qilishiga 100% ishonamiz omad yor bo'lsin olloh qo'llasin azamatlarimizni
+2   
29 apr 10:55:54
Aziz Yuldashev
Аллох насиб бугун Ўзбекистон ахли қувонч кўз ёшлари тўкадиган кун.
+2   
29 apr 10:53:54
Pakhtakor Tashkent
Оқилбой газ свет қолиб кетибди ошна
   
29 apr 14:38:39
Vatandoshingiz
Болларга босим юкламанглар кейин жаа кувониб хам кетманглар
   
29 apr 13:47:35
ABZALHUJA
Парижга билет олиш учун брон килишши бошлавуришсин, УФФ менеджерлари. Хдо хохласа, Индонезияни босиб утиб кетамиза!
   
29 apr 13:28:28
SHAHZOD
Ona tili fanini jurnalistlardan ham yaxshi bilaman deb oʻylamagandim. Ammo...

Сирли ва хавфли Индонезияга қарши кечган(KECHADIGAN) ярим финалдаги биргина ғалаба бизни Париждаги Олимпия ўйинлари йўлланмасидан ажратиб турибди.
   
29 apr 12:25:27
Fc Barca +Surxon
O‘zbekisto U23 Chempion bo‘ladi xudo xohlasa ko‘rasizlar
   
29 apr 11:31:53
кун Тун
Париж бизни кут
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика